Tavsifi
AMA indikatori Perri Kaufman (Perry Kaufman) tomonidan ishlab chiqilgan va birinchi marta 1993 yilda uning “Aqlli treyding kitobida taqdim etilgan edi: o'zgaruvchan bozorda samaradorlikni oshirish” (Smarter Trading: Improving Performance in Changing Markets). Bu o'rtacha sirpanuvchi ommaviy ko'rinishlaridan biri bo'lib, undan butun dunyodagi treyderlar o'z ishlarida foydalanishadi.
Hisoblash formulasi
AMA(1) = Close bo'lganda
AMA = AMA(1) + ? * (Close – AMA(1)), bu yerda
α = [(VI * (FC – SC)) + SC]²
Savdoda qo'llanilishi
Perri Kaufmanning AMA indikatorining odatdagi o'rtacha sirpanuvchi indikatoridan asosiy farqi shundaki, indikator hisob-kitobi bozordagi vaziyatga va bozorda narxlarning harakatiga bevosita bog'liqdir. Narx keskin o'zgarganda AMAning hisob-kitob davri asta-sekin kamayadi, bozorda narx harakatlari so'nish davrida esa AMAning davri ortadi. Metatreyder uchun AMA indikatorning bunday xususiyati narxning arzimagan tebranishlarini jiddiy filtrlashga imkon beradi.
Bundan kelib chiqib, Kaufmanning moslashuvchan o'rtacha sirpanuvchisi qiymatlarning indikator davri ortda kechikishi va indikator davri kamayganda yolg'on signallarning ortishi kabi kamchiliklardan xolidir.
Treydingda mazkur o'rtacha sirpanuvchi mustaqil ravishda ham, treydingning kompleks usullari tarkibida ham qo'llanilishi mumkin. IFX_AMA indikatori mustaqil ravishda qo'llanilganda:
- Narx grafigi IFX_AMA chizig'ini pastdan yuqoriga tomon kesib o'tganda uzun pozitsiyani ochish (qisqasini yopish) zarur
- Narx grafigi IFX_AMA chizig'ini yuqoridan pastga tomon kesib o'tganda uzun pozitsiyani yopish (qisqasini ochish) zarur