Villyamsning Foizli Diapazoni Texnik Indikatori (Williams’ Percent Range, %R) - bu dinamik indikator bo'lib, u ortiqcha xarid qilinganlik/ortiqcha sotilganlik holatini belgilaydi. Williams’ Percent Range texnik indikatori Stochastic Oscillator texnik indikatoriga juda o'xshash. Ular orasidagi farq faqat shundaki, birinchisi to'nkarilgan shkalaga ega, ikkinchisi esa ichki silliqlashdan foydalanib quriladi.
-80% dan -100% gacha oraliqda indikatorning qiymatlari ortiqcha sotilganligidan dalolat beradi. -0% dan -20% gacha oraliqdagi qiymatlar bozr ortiqcha xarid qilinganligidan dalolat beradi. Williams Percent Range indikatorini to'nkarilgan shkalada yasash uchun uning qiymatlariga odatda manfiy belgi beriladi (masalan, -30%). Tahlil qilishda manfiy belgini hisobga olmasa ham bo'ladi.
Hamma indikatorlar uchun umumiy bo'lgan ortiqcha xarid qilinganlik/ortiqcha sotilganlik umumiy qoidasiga ko'ra ularning signallariga ko'ra harakat qilish narxlarining tegishli yo'nalishga burilishini kutib, harakat qilgan yaxshiroq.
Williams Percent Range indikatorida sirli ravishda narx burilishlarini oldindan bilishning ajoyib qobiliyati bor. U deyarli har doim cho'qqini hosil qiladi va narx cho'qqisiga yetib pastga tomon burilgunicha bo'lgan ma'lum vaqt oralig'i ichida patga qarab buriladi. Huddi shuningdek Williams Percent Range odatda chuqurlikni hosil qiladi va vaqtdan oldin yuqoriga tomon buriladi.
Hisoblash
Williams’ Percent Range indikatorini hisoblash forumulasi Stochastic Oscillator formulasiga o'xshash: %R = (HIGH(i-n)-CLOSE)/(HIGH(i-n)-LOW(i-n))*100
Bu yerda:
CLOSE - bugungi yopilish narxi;
HIGH(i-n) - oldingi n ta davr ichidagi eng katta maksimum;
LOW(i-n) - oldingi n ta davrlar ichidagi eng kichik minimum.
Команда аналитиков ИнстаФорекс
ГК ИнстаФинтех © 2007-2024