empty
 
 

Yaqinda Gruziyada Foreks-brokerlar bozorida yangi o'yinchi – InstaGeorgia kompaniyasi paydo bo'ldi, bu kompaniya yetakchi onlayn Foreks-brokerlaridan biri - InstaForeks kompaniyasining rasmiy hamkori hisoblanadi. Chet el treyderlari InstaForeks kompaniyasi tadqim etadigan yuqori sifatli servisga va qulay savdo sharoitlariga ko'nikib qolishgan. Endi Gruziya bozorida ham treyderlar Gruziyaning InstaGeorgia kompaniyasi tufayli InstaForeksdan sifatli servisdan foydalanishlari mumkin bo'ladi.


media about us, publications

InstaFintech kompaniyalar guruhi prezidenti Ildar Sharipov:

- Bizning kompaniyamiz nisbatan ancha yosh. Yaqindagina biz uning tashkil etilganiga ikki yil to'lganini nishonladik. Biroq shu o'tgan vaqt ichida biz Foreks-xizmatlar bozorida faqat mustahkam o'rnashib qolmay, balki ta'sir hududimizda yetakchi onlayn brokerlar qatoriga o'tishga erishdik, ayni paytda esa bu bizning rasmiy vakolatxonalarimiz bo'lgan 30 dan ortiq mamlakatdir. Bizning bevosita faoliyatimizga kelsak, biz o'z mijozlarimizga Forex bozorida valyuta treydingi xizmatlarining to'liq spektrini taqdim etmoqdamiz: 107 ta valyuta vositalari; amerika aksiyalariga 34 ta CFD bitimlari; GOLD bo'yicha bitimlar. Undan tashqari, biz valyuta bozoriga to'g'ridan-to'g'ri kirish imkoniyatiga ega bo'lgan eng yirik kontragentlar bilan ishlaymiz. Bizning savdo sharoitlarimiz alohida iftixorimiz hisoblanib, ular amalda treyderlarga InstaForeks bilan ishlash qulay ekanini tasdiqlaydi.

- InstaForeks kompaniyalarining Gruziya yo'nalishi rivojlantirish to'g'risidagi qaror qanday qabul qilingan edi?

- Haqiqatan ham, o'z hududi ichida rivojlanish, hatto bu Rossiya kabi katta mamlakat bo'lsa ham - to'g'ri emas. Biz kompaniyamizning ta'sir ko'rsatish chegaralarini vakolatxonalar va rasmiy hamkorlar bilan borgan sari ko'proq miqdordagi mamlakatlar va mintaqalarni qamrab olish orqali kengaytirish bilan faol shug'illanmoqdamiz. Ayni vaqtda biz Gruziyadagi rasmiy hamkorlarimiz InstaGeorgia kompaniyasi orqali gruziya bozoriga chiqish bo'yicha juda jiddiy ishni olib bormoqdamiz. Mening fikrimcha, gruziya bozori biz uchun aniq va ravshan bo'lgan bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan, u siyrak raqobat muhiti nuqtai nazaridan jozibali, ikkinchidan, gruziya mintaqasi bu yaqin aloqalar tufayli hamkorlik munosabatlarini yetarlicha oddiy qurish mumkin, va nihoyat, Gruziya biz uchun siyosiy qarashlarga qaramasdan, biznes uchun qiziqarli mamlakat va bunday imkoniyatni biz qo'ldan boy bermaymiz.


- Bizga o'z hamkoringiz - InstaGeorgia kompaniya haqida gapirib bersangiz.

- InstaGeorgia kompaniyasi bizning Gruziyadagi rasmiy hamkorimiz hisoblanadi. Bizning hamkorligimiz o'z tarixiga ega. Biz ular bilan birga turli xil hamkorlik dasturlari doirasida ishlay boshlagan edik. Bundan tashqari, biz InstaGeorgiani aksiyalarimiz qatoriga kiritdik va oldinda bizni birgalikdagi muvaffaqiyat kutmoqda.

InstaGeorgia kompaniyasi direktori Levan Simonishvili:

- Bizning kompaniyamiz InstaForeks kompaniyasining Gruziyadagi rasmiy hamkori hisoblanadi va biz bu kompaniya bilan Gruziyada onlayn-foreks treydingni rivojlanti boshlaymiz. Birinchi bosqichda InstaGeorgianing maqsadi Gruziyada Foreks bozorini birinchi navbatda, mazkur bozor boshqalaridan farqli o'laroq turli xil inqirozlar va tanazzullardan himoyalangani hisobiga ommalashtirish hisoblanadi. InstaForeks kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida biz imkoniyatli treyderlar uchun bir qator bepul o'quv seminarlarini o'tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Mazkur seminarlar Foreksning ish tizimini va uning asosiy tamoyillarini tushunib etishga yordam beradi. Biz bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan barchaga eng yuqori sifatdagi servislarni taqdim etishdan iborat barcha qo'lgan kelgan yordamni ko'rsatamiz. Bugungi kunda Gruziyada bizning kompaniya bir necha yuzlab treyderlarga xizmat ko'rsatadi, ularning ko'pchiligi barqaror foyda olib, Foreks bozorida muvaffaqiyatli savdo olib boradi. Yaqin vaqt ichida biz treyderlar klubini ochishni rejalashtiryapmiz, u yerda har bir treyder klubning boshqa a'zolari bilan axborot, to'plangan tajriba va savdo strategiyalari bilan o'rtoqlashishi mumkin.

"Pirveli" jurnali, 2009 yil, Dekabr
Orqaga

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок